Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatidagi “Özbek – Turkman döstlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi boşqaruv direksiyasini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining taklifiga muvofiq:
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Xorazm viloyati madaniyat boşqarmasi tizimida davlat muassasasi hisoblangan “Özbek – Turkman döstlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi direksiyasi taşkil etilişi va uning boşqaruv xodimlarining çeklangan soni 9 nafardan iborat bölgan tuzilmasi tasdiqlanişi mumkin;
Urganç tumani, Ğoybu qişloği, Turkmanlar mahallasi hududida joylaşgan “Özbek – Turkman döstlik uyi” majmuasining bino va inşootlarini tegişli hududi bilan birgalikda direksiyaga operativ boşqaruv huquqi asosida bepul beriladi;
Urganç tumani, Ğoybu qişloği, Turkmanlar mahallasi hududida joylaşgan “Ulli hovli” majmuasining bino va inşootlarini tegişli hududi bilan birgalikda direksiyaga ijara haqining “nol” stavkasida, istisno tariqasida, ijaraga beriş huquqi bilan foydalanişga beriladi.
Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
majmuaning ilmiy konsepsiyasini işlab çiqiş va uni amalga oşiriş;
majmuadagi obektlarda turli yönalişlar va mavzularda madaniy-ma'rifiy, etnografik tadbirlarni amalga oşiriş, badiiy körgazmalar taşkil etiş, bunda, turli darajadagi ilmiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, yarmarkalar, sayillar ötkazib boriş;
ular haqida naşr materiallarini tayyorlaş va ommaviy axborot vositalari orqali keng tarğib etiş;
majmuada ikki xalq döstligi mavzusini, uning dastlabki körinişi va öşa davr muhitini aks ettiruvçi doimiy ekspozitsiya-körgazma yaratiş;
majmua, qardoş xalqlar haqida batafsil ma'lumotlar bazasini yaratiş va uni muntazam yangilab boriş, şunga oid kitob va töplamlar, video va foto hujjatlar kabi boşqa manbalarni izlaş, töplaş, örganiş va tarğib etiş;
yuqori texnologiyalarga asoslangan internet tarmoği xizmati hamda axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yölga qöyiş;
örnatilgan tartibda, majmuaning tarixiy körinişini saqlagan va unga zarar yetkazmagan holda hududda zarur infratuzilmani şakllantiriş, xizmatlar xilma-xilligi va sifatini oşiriş, bu yerda dam oliş va mazmunli hordiq çiqariş uçun qulay şaroitlar yaratiş;
















