Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narkokurer qiz o‘z oshqozonida kokain olib ketayotgani sababli samolyot favqulodda qo‘ndi
Foto: Emilio Morenatti / AP
Italiyaga Dominikan Respublikasidan parvoz qilgan yo‘lovchi samolyoti Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela shahrida favqulodda qo‘ndi. To‘xtashga laynerdagi 23 yoshli yo‘lovchining sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sabab bo‘ldi. Bu haqda Efe agentligi ma'lum qildi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, qiz o‘z oshqozonida chegaradan kokain o‘ramlarini olib o‘tishni rejalashtirgan, ammo o‘ramlar parvoz paytida yorilib ketgan. Hammasi bo‘lib, yo‘lovchi bir kilogrammga yaqin kokain olib ketayotgan bo‘lgan. Uning oshqozonida har birida 15 grammdan giyohvandlik moddasi bo‘lgan 56ta o‘ram topildi.
Narkokurer qiz shifoxonaga olib borildi, u yerda shifokorlar uni jarrohlik amaliyotidan o‘tkazishdi. Endi qiz politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda. Uni Yevropaga taqiqlangan moddalarni noqonuniy ravishda olib kirishga urinish uchun sud qilishlari mumkin.
Qizni kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng, Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela shahriga qo‘ngan Blue Panorama aviakompaniyasining layneri Milanga uchib ketdi.
Mavzuga oid
13:40 / 28.11.2025
Samolyot eng ishonchli transport vositasi bo‘lmay qoldimi?
17:50 / 25.10.2025
Narkokartellar sharbat va ziravorlarga kokain qo‘shishni boshladi
21:17 / 11.07.2025
Gvatemala sohillarida 2,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
19:19 / 29.06.2025