Superliganing 21-turi doirasidagi “Navbahor” – “Buxoro” uçraşuvining 81, 89 va 90+4 daqiqalarida mezbonlardan Davron Hoşimov, Jahongir Mehmonov va Oston Örunov boş hakam tomonidan ogohlantirildi. Butun uçraşuv, xususan, yuqorida körsatib ötilgan daqiqalarni alohida örganib çiqqan PFL komissiyasi bu uç futbolçining sariq kartoçkaga loyiq körilgan xatti-harakatlarini şubhali baholadi.
PFL xabarida ta'kidlanişiça, komissiya a'zolari mazkur uç futbolçi hisobida bungaça 3 tadan sariq kartoçka bölgani, şuningdek, “Navbahor”ning Superliga 22-turidan joy olgan “Qizilqum”ga qarşi öyini “oltin oçko” tizimidan çetda turganini inobatga olgan. Qolaversa, futbolçilar sariq kartoçkalarni muğombirlik yöli bilan “işlab olgani” yaqqol köringan.
Şu munosabat bilan reglamentning “Intizomiy va jarimalar kodeksi” 5-bölim 5.6 bandida körsatilgan “ahloqiy me'yorlarga amal qilmaslik, muğombirlik işlatiş hamda sportçiga xos bölmagan xulqi uçun” qismiga bepisandlik bilan munosabatda bölgani uçun “Navbahor” futbol klubi 10 000 000 (ön million) söm miqdorida jarimaga tortildi.
Reglamentning yuqorida körsatilgan bandiga rioya qilmagani uçun futbolçilar – Davron Hoşimov, Jahongir Mehmonov va Oston Örunov 22-tur uçraşuvidan taşqari, endilikda 23-tur öyinlaridan ham diskvalifikatsiya qilindi. Ularning har biri 5 000 000 (beş million) sömdan jarima ham tölaydi.
Şuningdek, futbolçilarining bu kabi işlariga yöl qöyib bergani uçun “Navbahor-Loçinlari” murabbiylar ştabi, xususan, Ilhom Möminjonov jiddiy ogohlantirildi. Bu hol uning boşqaruvidagi klub bilan yana bir bor takrorlansa, Möminjonovni jiddiy sanksiyalar kutişi mumkin.

















