Har kuni tongda bajaradigan işlaringiz oxir-oqibat kuningiz va hayotingizni belgilaydi.
Örtaça umr davomiyligi 70 yilni taşkil qiladi. Agar odam 18 yoşda katta odamga aylanadi deb hisoblab, natijani butunlasak, deyarli 20 ming marta tongni ulğaygan odam sifatida qarşilar ekanmiz. Katta odam özi kim? Öz harakatlariga javob beradigan va hayotini özi istagandek özgartiradigan kişi.
Öylab köring-a, 20 ming marta tetik holda uyğonasiz va toğni talqon qilişga tayyor bölasiz yoki karavotdan zörğa tuşib, tuşlikkaça mudraysiz.
Tongni bor-yöği 20 ming marta yoki undan kam kutib olişingizni anglasangiz, vaqtingizni bekor ötkazayotganingizni tuşunasiz. Bunday qilişga nuqta qöyib, tongdan köproq foyda va zavq oliş usullari mana bunday:

1. Vaqtni emas, quvvatingizni boşqaring
Ayrim vazifalar kunning muayyan qismida tez va yaxşiroq bajariladi. Ba'zi kişilarda ijodiy quvvat ertalab möl bölsa, boşqalarida esa bu holat keçki payt va tunda kuzatiladi.
Tongda yaxşi bajariladigan işni kuzating va aynan öşani amalga oşiring.Hatto ofisda işlasangiz ham, ayrim vazifalar bajariliş vaqtini özgartira olarsiz.
Masalan, ijodiy quvvat tongda uyğonsa, nostandart yondaşuv va yangi yeçimlarni topiş bilan boğliq vazifalarni bajariş mumkin. Keçki paytga esa mijozlardan kelgan xatlar va telefon qönğiroqlariga javob beriş kabi odatiy işlarni qoldirsa böladi.
2. Oldindan tayyorlaning
Uyquga yotişdan avval ertaga bajariladigan işlar röyxatini tuzing. Bu tonggi vaqtni tejaydi va yaxşi odatni şakllantirişda yordam beradi. Keçqurun biror işni rejalaştirsangiz, uni tongda bajariş imkoniyati ortadi.
Rejalaştiriş kelajakni hozirgi zamonga aylantiradi va u böyiça biror nimani bajariş mumkin böladi.
Alan Lakeyn, taym-menedjment mutaxassis, «Ulguriş san'ati» kitobi muallifi
3. email’ni tuşgaça tekşirmang
Uyğonişingiz bilan email’ni tekşirasiz, u yerda zudlik bilan javob beriş kerak bölgan ma'lumot böladimi? Şart emas. Axir tezkor yangilikni kimdir email orqali yuborarmidi?













