Boyöğli yoki söfitörğay ekaningiz muhim emas. Töğri ötkazilgan tong – yaxşi va unumdor kun garovidir. U ana şunday bölişi uçun bari keçki payt rejalaştirilişi kerak. Axir rejasiz erta turgaç, töşakda qolişda davom etişingiz ehtimoli katta. Bundan taşqari, agar keç uxlab, erta tursangiz, kuningiz unumli bölmaydi. Axir töyib uxlamaslik miya funksiyalarini pasaytiradi.

Heç bölmaganda 10 daqiqa özingiz bilan vaqt ötkazing
Erta turişning katta foydasi – yolğizlikda böliş imkoniyati. Hatto bir özingiz yaşamasangiz ham uydagilardan vaqtliroq turib, özingizga heç bölmaganda 10-30 daqiqa ajrata olasiz. Bu xotirjam böliş, unumli kunga sozlaniş, bir finjon çoy va qahva içişning ayni vaqti.
Bir stakan suv içing
Albatta, bu tavsiya istalgan vaqt uçun dolzarb. Biroq tongda juda muhim, çunki uyqu vaqtida organizm suv miqdorini yöqotadi. Uni zudlik bilan töldiriş zarur.

Badantarbiya qiling
Qiyin jismoniy maşqlar bölişi şart emas. Aksinça, çöziling, qisqa tortilişlar qiling. Bundan taşqari, maşqlar miyani yaxşiroq işlaşga majbur qiladi.
Uzoq muddatli işlar bilan şuğullaning
Masalan, ingliz tilini mukammal darajada bilişni istaysiz. Ertalabda Coursera yoki TED’dagi videolarni tomoşa qiling. Hatto 15 daqiqa ham sizni maqsadingizga yaqinlaştiradi.
«Qurbaqani yeng»
Albatta, bu metafora qöllangan nom. Tongda sizdan maksimal harakat talab etadigan işlarni bajariş lozim. Agar ertalab buni uddalasangiz, demak boşqa maqsadlarni ham bajara olasiz. Bundan taşqari, iroda şunday resurski, keçga borib, u talab etiladigan işlarni bajariş qiyinroq böladi.












