Foto: Unsplash

Muhimi – özingizni issiqlik va yoruğlik bilan qurşab oliş. Köçadagi ob-havo kabi tund bölmaslik.

Yetarli darajada uxlang

Agar şu oddiy qoidaga amal qilmasangiz, nima qilişingizga qaramay, osonlikça uyğona olmaysiz. Hammaning öz uyqu mezoni böladi. Kimdir standart sakkiz soatda uyğonadi, kim uçundir olti soat kifoya. Har qanday holatda ham agar şaxsiy me'yoringizdan kam uxlasangiz, keyingi maslahatlar iş bermaydi.

Bir vaqtda uyğoning

Köpinça biz e'tibor bermaydigan yana bir aniq maslahat.

Har kuni 6:30da uyğonasiz va öqişga piyoda ketasiz. Kutilmaganda bir tanişingiz sizni öz maşinasida taşlab qöyişni taklif etadi. Albatta, siz xursandlik bilan budilnikni 6:45 ga qöyasiz. Tongda nima uçundir töyib uxlamagandek bölasiz. Agar odatga köra uyğonsangiz va yana 15 daqiqa uxlab olişga qaror qilsangiz, nima uçundir özingizni noqulay his etasiz.

U ham, boşqasi ham notöğri. Organizm muayyan vaqtda turişga şu qadar örganadiki, örnatilgan grafikdan çiqiş sizni tetiklik va yaxşi kayfiyatdan judo etadi.

Har doim bir vaqtda uyğonişga odatlaning. Ob-havoning özgarişi sizga ta'sir körsatmasin.

Budilnikning tovuşi yoqimlisini tanlang

Budilnikning keskin tovuşi haqiqatan ham jiddiy zarar keltiradi. Tonggi baland va kutilmagan qönğiroq sizni uyqudan qöpol ravişda uyğotadi. Bu qon bosimini oşirib, keskin tarzda adrenalin ajralişiga olib keladi. Oddiy qilib aytganda, har kuni tongda organizm xavotir va qörquv hissi bilan uyğonadi. Bunday kundalik zöriqiş oxir-oqibat yurak va tomir kasalliklarini keltirib çiqarişi mumkin.

Asta-sekin baland böladigan sokin ohang odamni uyğotişda keskin tovuşlardan ortda qolmaydi. Ayrimlar vibroqönğiroqdan ham uyğonişlari mumkin.

Agar uyğotgiçni eşitib, yurak urişining tezlaşişi, özingizni yöqotib qöyiş va fikrlarning çalkaşib ketişini sezsangiz, ohangni özgartirişingiz lozim.

Kiyimlaringiz karovat yonida bölsin