Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning 716 milliard dollarlik harbiy byudjyetini imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat milliy mudofaasi uchun 716 milliard dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan 2019 yilgi harbiy byudjyetni imzoladi, deb xabar berdi Oq uy.
Unga ko‘ra, AQSh harbiy xizmatchilari soni 15600 kishiga oshadi. Natijada quruqlikdagi qo‘shinlar 487,5 ming, harbiy-dengiz kuchlari — 335,4 ming, harbiy-havo kuchlari — 329,1 ming, dengiz piyoda qo‘shinlari soni 186,1 ming kishiga yetadi. Byudjyetda Strategik qo‘mondonlikka bo‘ysunuvchi alohida Kosmik qo‘mondonlik tuzilishi ko‘zda tutilgan.
Byudjyetga ko‘ra, 77ta beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish uchun 7,6 mlrd dollar, yangi harbiy kemalar qurish uchun 24,1 mlrd dollar ajratiladi. Harbiy xizmatchilarning maoshlari 2,6%ga oshadi (Oq uy xabarida bu keyingi to‘qqiz yil ichidagi eng yirik maosh oshirilishi deyilmoqda).
Isroil bilan raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga 500 mln dollar ajratiladi. Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatish uchun 250 mln dollar ajratildi, deyiladi xabarda.
Tramp alohida kosmik qo‘shinlar tuzishga iyun oyi o‘rtalarida ko‘rsatma bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh «koinotda hukmronlik» o‘rnatishni ta'minlashi zarur hamda Xitoy va Rossiya allaqachon ana shunday bo‘linmaga ega. Ilgari koinotdagi faoliyat harbiy-havo kuchlariga tegishli edi.
Mavzuga oid
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
08:28 / 24.04.2026
Reyting: dunyodagi eng yirik 15 ta mudofaa budjeti
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
15:44 / 19.03.2026