Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Özbekistonga kiriş uçun beriladigan elektron viza böyiça bir oylik körsatkiçlar haqida ma'lumot berildi.
Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, 14 avgust holatiga köra, dunyoning 42 mamlakatidan 5198 kişi Özbekistonga kiriş elektron vizasini sörab murojaat qilgan. Şundan 4719 nafariga viza berilgan, 479 kişining arizasi körib çiqilmoqda. Rad etiliş holatlari kuzatilmagan.
Elektron viza körsatkiçlariga köra, Özbekistonga qiziqiş bildirayotgan davlatlar orasida hamon Xitoy (1 121 kişi) yetakçilik qilmoqda. AQŞ (640 kişi) va Buyuk Britaniya (585 kişi) fuqarolari esa ikkinçi va uçinçi örinlarni qayd etişgan.

15 iyul kunidan boşlab Özbekistonda xorijlik fuqarolarga respublikada turistik maqsadlarda böliş uçun elektron kiriş vizalarini rasmiylaştiriş işlari boşlangan. Elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga Özbekiston hududida böliş huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boşlab 90 kun muddat içida amal qiladi. Berilgan elektron viza xorij fuqarosining e-visa.gov.uz portaliga qilgan murojaatida körsatilgan elektron manzilga jönatiladi.
Elektron vizani rasmiylaştiriş uçun murojaat beriş Özbekiston Respublikasiga keliş sanasidan uç iş kunidan kam bölmagan muddatda amalga oşiriladi. Elektron kiriş vizasini oliş murojaatini körib çiqiş uçun konsullik yiğimi hajmi 20 AQŞ dollarini taşkil etadi.
















