O‘zbekiston | 15:08 / 15.08.2018
8336
3 daqiqa o‘qiladi

Quyosh energiyasi sohasida eng yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlanmoqda

2018 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston tarixidagi ilk mustaqil elektr ishlab chiqaruvchisi mahalliy idora uchun loyiha xodimlarini tanlash uchun Toshkentda ixtisoslashtirilgan vakansiyalar yarmarkasi o‘tkazadi. Ushbu yarmarka O‘zbekiston hukumati va «O‘zbekenergo» AJning SkyPower Global yirik investori bilan uzoq muddatli hamkorlikning birinchi bosqichi hisoblanadi.

Foto: SkyPower Global 

Kompaniya 1,3 milliard dollarga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarga ega keng ko‘lamli loyihani amalga oshirishga kirishmoqda. Loyiha doirasida umumiy quvvati 1000 megavatt bo‘lgan quyosh parklarini qurish rejalashtirilgan.

Foto: SkyPower Global 

Ushbu loyiha O‘zbekiston bilan Shimoliy Amerika kompaniyasi o‘rtasida muvaffaqiyatli davlat-xususiy sektor hamkorligining birinchi namunasi bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish natijalari bo‘yicha Samarqand, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida O‘zbekistondagi barcha energiya manbalaridan qariyb 10 foizi ishlab chiqariladi. Bu 2030 yilga qadar mamlakatga iqlim bo‘yicha Parij konvensiyasining talablarini qondirishga yordam beradi va aholini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

Foto: SkyPower Global 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha O‘zbekiston YaIMga 2,9 mlrd. AQSh dollari miqdorida hissa qo‘shadi va minglab ish o‘rinlarini yaratadi.

Foto: SkyPower Global 

SkyPower qator pozitsiyalar bo‘yicha birinchi yarmarkada ishtirok etish uchun mutaxassislarni taklif qiladi:

• loyiha katta menejyeri
• loyiha menejyeri (elektrtexnik mutaxassislik)
• loyiha menejyeri (umumiy mutaxassislik)
• mahalliy vakil (korporativ aloqa)
• Ma'muriyat / ofis menejyeri
• ruxsat berish qismi bo‘yicha mutaxassis
• jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha menejyer
• jamoa facilitatori
• xodimlar bilan ishlash bo‘yicha menejyer
• kotib.

Arizalar 17 avgustga qadar www.skypoweruzbek.com saytida qabul qilinadi, suhbatlar esa ingliz tilida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid