Taniqli adib Oybekning uy-muzeyida köplab noyob buyumlar saqlanadi. Adibning iş stoli, közoynagi, qalami... Bularning bari adabiyot şinavandasining könglida ajib hislar uyğotadi. Ammo bu muzeydagi bir maktub heç kimni befarq qoldirmasligi şubhasiz. Yozuvçining qizi Oynur opaning ma'lumot berişiça, bu maktub 1945-55 yillar davomida surgunda, hibsxonada azob çekkan yozuvçi tomonidan 1966 yilda muzeyga sovğa qilingan ekan. Maktubni öqib, ta'sirlanmaslik ilojsiz iş. Biz adibning qizidan iltimos qilib, şu xatdan nusxa oldik. Quyida uni töliğiça e'tiboringizga havola etmoqdamiz.

«Bu kitob biz uçun nihoyatda mö'tabar, mö'jizakor kitobdir. Kitob insoniyat dunyosining eng uluğ kişisi, buyuk mutafakkir mavlono Mir Alişer Navoiy janobi oliy hazratlari haqida yozilgan, hozirgi zamondagi qalam egalari bundan oşirib yozolmasdilarki, buni faqat Oybek epladi.

Qölingizdagi muqovasi tört-beş marta yangilangan, eski kitob köp kişilarni ölim çangalidan olib qolgan. Şoir emasmiz-da, bu bilan mubolağa qilib yuborganga öxşab qoldim. Aslida esa heç qanday mubolağasiz, ayni bir haqiqatni yozyapman.

Hurmatli öquvçi! Siz yozuvçi Aleksandr Soljyenitsinning «Ivan Denisoviçning bir kuni» degan hikoyasini öqigansiz. Unda yozuvçi bir kunnigina yozgan, xolos. Lekin qölingizdagi kitob şunaqangi kunlarning 3630tasini pölat çidam bilan ötkazdi. Ivan Denisoviçnining lagerdagi birgina kuni tasvirlangan. Kitob esa lagerlarning köpida böldi, uni butun azob-uqubatlari, qiynoq, oçlik-yalanğoçliklari, xörlaşlari, insonni inson emas itlardan ming marta past körişlarini öz közi bilan kördi. U yerdagi har bir lager boşliği «men sovet hukumatiman» deb istagan işini qilganlarini, boquvda quturib, semirib yotgan ovçarkalarni begunoh, zörğa oyoğini sudrab ketayotgan mahbuslar ustiga taşlaşlari, hatto ba'zan it bormaganda majbur qilib, qoptirişlar, soqçilar bir-birlari bilan «kimning iti kuçli» öynaşib itni qöyib yuborib, jim ketayotgan mahbuslarni orqasidan uzib yiqitişlari... Bir burda nonga oç mahbuslarni bir neça martalab peşonasi yerga tekkunça ta'zim qildirişlar, salom bermasa sökiş, uriş, xörlaş, qamaş... Mana şularning barçasini kördi.

«Ivan Denisoviçning bir kuni» hikoyasidan ma'lumki, baraklar juda katta, unda turli millat vakillari yotadi. Hamma baraklar tunda qulflab qöyiladi. Har xil odam bor, şuning uçun barça narsalarni berkitib yuriş kerak. Xususan, nonni. Kitob öqiş, uni özi bilan olib yuriş qat'iyan man etilgan. Keladigan va yuboriladigan xatlar, albatta, tekşiruvdan ötadi. Har bir barak kuniga, albatta, tintuvdan ötadi. Şunda nazoratçilar qöliga nima tuşsa olib örtaga taşlaydilar. Ayniqsa, taxta çorpoyani ikkinçi qavatidan turib uloqtirilgan narsalar çil-çil bölib ketadi. Hatto  nina, töğnoğiçlar ham sovuq qurol hisoblanadi. Binobarin, buyum egasi, şubhasiz, jazolanadi. Qoğoz-qalam tortib olinib, çetga otib yuborilar edi...