Şu yilning 11 avgust kuni Uçtepa tumanida sodir bölgan hodisa yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgandi. Voqeaning töliq tafsilotlarini örganiş jarayonida barça daliliy aşyolar töplanib, uşbu jinoiy iş iştirokçilarining körsatmalari olindi va ularning har biriga albatta tegişli baho beriladi, deb xabar qilmoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.

Hozirga qadar voqeaning 3 nafar jabrlanuvçisi va yana 3 nafar gumonlanuvçisi körsatma bergan. Yana ikki gumondor, jumladan hodisa taşkilotçisi deb aytilayotgan 27 yoşli J.Şoxruhni qölga oliş harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanişiça, jabrlanuvçi – 23 yoşli A.Botirjon tanişi Şoxruhdan pul qarz olib, oxirgi 500 ming sömni qaytarolmagan. Gumonlanuvçi J.Şoxruh 24 yoşli G.Ziyovuddin, 31 yoşli M.Muzaffar, N.Bekzod va 33 yoşli I.Abduğani bilan «VAZ-2105» (Muzaffar boşqaruvida) va Abduğani boşqargan «Neksiya-3» avtomobilida «Vatan» kinoteatri yonida «Spark» maşinasini boşqarib ketayotgan 34 yoşli M.Jasurning yölini tösib uni töxtatişgan. Qölga olinganlarning körsatma berişiça, Ziyovuddin «Spark» maşinasining şinasiga ziyon yetkazgan, Muzaffar esa oynasini sindirgan.

Şundan söng, huquqbuzarlar jabrlanuvçilarni kuç bilan özlarining maşinalariga ötqazib, Sergeli tumaniga olib ketişgan va öşa yerda ularga tan jarohati yetkazişgan. Jarohat darajasiga şifokorlar aniqlik kiritişmoqda. Şundan keyin G.Ziyovuddin va N.Bekzod jabrlanuvçilarni şifoxonaga olib borib, haqiqatni aytib qöymasligi uçun kuzatib turişgan. Qörquv ostida qolgan jabrlanuvçilar şifokorlarga bölib ötgan voqea haqida aytişmagan va içki işlarga ham xabar berişmagan. Lekin holat tasvirlangan videolavha Internet tarmoğida tarqatilgandan söng, sir oşkor bölgan. Toşkent şahar IIBB mazkur tasvir asosida tezkor tergov harakatlarini olib borib, şu kuni keçki payt gumondorlarning şaxsiga aniqlik kiritilgan va qisqa fursatda ulardan 3 nafari qölga olingan.

“Şu örinda şahar aholisi va mehmonlarining xavfsizligini ta'minlaş uçun IIBB tomonidan barça çora-tadbirlar olib borilayotganini ta'kidlaş joiz. Lekin uşbu mas'uliyatli vazifani uddalaş oson bölmagan işdir. Şunga qaramay, Toşkent şahrida nafaqat jinoiy holatlarning oşib ketmasligiga, balki ularning sonini kamaytirişga erişilmoqda.