Rossiyalik yozuvçi Eduard Uspenskiy 80 yoşida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti bastakor Gennadiy Gladkovga asosan xabar berdi.

REN TV telekanali ma'lumotiga köra, Uspenskiy Moskvaning Troitsk ma'muriy tumaniga kiruvçi Puçkovo qişloğidagi uyida vafot etgan.

Sönggi yillarda «Timsoh Gena va uning döstlari», «Prostokvaşinodagi ta'tillar» va boşqa maşhur asarlarning muallifi jiddiy kasallikdan aziyat çekib kelayotgandi.

Yozuvçi 9 avgust kuni özini yomon his qilgan - u huşidan ketgan, turmuş örtoği tez tibbiy yordam çaqirdi.

Eduard Uspenskiy 1937 yil 22 dekabrda Yegorevskda tuğilgan. Şe'rlar va hikoyalarni maktab yillarida yoza boşlagan. Şu bilan birga, maşhurlikka birinçi marta hajviyaçi sifatida erişgan. 1966 yilda u, Arkadiy Arkanov, Grigoriy Gorin va Feliks Kamov mualliflarga maşhurlik keltirgan «Törttasi bitta muqova ostida» nomli kitobni naşrdan çiqarişdi.

Bundan taşqari, Uspenskiy Timsoh Gena va Çeburaşka, Prostokvaşinodagi döstlar sarguzaştlari, «Böğirsoqlar tergov olib boradi» sikli, «Plastilin qarğa» va boşqa köplab multfilmlarga ssenariylar yozgan.