Xaruki Murakamining «Şahar va uning qaltis devorlari» romani maşhur yozuvçining yubileyi arafasida, 12 yanvar, juma kuni Dumont naşriyoti tomonidan çop etildi. Unda erkak, ayol, ularning çeksiz sevgisi va sirli şahar tasvirlangan. Haqiqiy va xayoliy olam örtasidagi çegaralar xiralaştirilgan, boş qahramonlar orzular va oddiy hayot örtasida harakatlanadi. Qahramon yengib bölmas devorli şaharda yaşovçi sevgilisini yana topiş uçun öz soyasidan ajralişi kerak. Ammo keyinroq u yana oddiy dunyoga qaytadi. Biroq, sevganini dunyoning çekkasida ham unuta olmaydi.

Roman lokdaun paytida yozilgan. 2020 yil mart oyi boşida, Yaponiyada koronavirus avj ola boşlaganida, Murakami uni har kuni, deyarli uydan çiqmasdan, tugatgunça yozgan. Yozuvçining vatanida kitob 2023 yilning bahorida naşr etilgan. 

600 sahifalik asar muallifning 1980 yilda yozgan va jurnalda çop etilgan qisqa hikoyasi asosida yaratilgan. Murakamining özi aytganidek, bu hikoya uni heç qaçon qöyib yubormagan - tomoğidagi mayda suyak kabi, u uni unçalik bezovta qilmaydi, lekin unutişga ham imkon bermaydi. U har doim bu hikoyaga qaytişni va undan köproq narsani yaratişni xohlaganini aytib ötdi. 

Haruki Murakamiyaning kitoblari 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan va Yaponiyada ham, xorijda ham bessellerlarga aylangan. Tanqidçilar va kitobxonlarning olqişi unga köplab mukofotlarni olib keldi. Uning eng maşhur asarlari: «Qöy ovi», «Norvegiya örmoni», «Şamol quşlari yilnomasi», «Sohildagi Kafka», «1Q84», «Ayollarsiz erkaklar». Murakami kitoblari asosan syurreal va melanxolik bölib, syujyetlarida yolğizlik va begonalik mavzulari bir-biriga uyğunlaşib ketgan. Uning ijodi muxlislari yapon yozuvçisi adabiyot böyiça Nobel mukofotiga sazovor bölişiga umid qilmoqda. Köp yillar davomida uning nomi favoritlar qatorida tilga olinadi.