Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov 7-9 avgust kunlari Belarus Respublikasining Minsk viloyatiga taşrif buyurdi.

Belarus boş vazirining örinbosari Mixail Rusiy bilan bölib ötgan uçraşuvda Toşkent va Minsk viloyatlarining töğridan-töğri ikki tomonlama munosabatlarini yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Şuningdek, Minsk viloyati ijroiya qömitasi raisi Anatoliy Isaçenko bilan uçraşuvda tomonlar turizm, tibbiyot, ta'lim sohasida mutaxassislar malakasini oşiriş böyiça hamkorlik qiliş hamda sanoat sohasida loyihalarni amalga oşiriş böyiça fikr almaşdilar. 

“Bellegprom” konserni raisi Nikolay Yefimçik Özbekiston delegatsiyasi bilan muloqot çoğida özaro manfaatli hamkorlik uçun tayyor ekanligini ta'kidladi hamda Toşkent viloyatida “Bellegprom” bilan hamkorlikda teri, paxta, jun va ziğir mahsulotlarini qayta işlab çiqariş korxonalarini taşkil etiş taklifini berdi.

Taşrif doirasida Toşkent viloyatida "Belaz" xizmat körsatiş markazini taşkil etiş, qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun tayyor mahsulot işlab çiqariş böyiça qöşma korxona taşkil etiş hamda Belarus Respublikasiga töqimaçilik mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça umumiy qiymati 20 million dollarlik şartnoma imzolandi.

Şuningdek, Toşkent viloyati hokimligi delegatsiyasi 9-10 avgust kunlari Tatariston Respublikasining Qozon şahriga ham taşrif buyurdi.

Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan bölib ötgan uçraşuvda Tatariston va Toşkent viloyati örtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.