O‘zbekiston | 11:50 / 15.08.2018
33384
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat suyultirilgan uglevodorod gazi bo‘yicha qaror qabul qildi

Foto: fermer-samara.ru

Aholi va ijtimoiy soha obektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizom bilan suyultirilgan uglevodorod gaziga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash tartibi belgilandi. Endilikda gaz ta'minoti tashkilotlari har yili 1 avgustga qadar “O‘ztransgaz” AJga suyultirilgan uglevodorod gaziga bo‘lgan ehtiyoj hajmini davrlar (qishki, yozgi), choraklar va oylarga ajratgan holda taqdim etishi kerak. 

Suyultirilgan uglevodorod gaziga qo‘shimcha ehtiyoj paydo bo‘lganda bu masala “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. 

Shuningdek, gaz ta'minoti tashkilotlari 1 sentabrga qadar kelgusi yilga maishiy gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini aniqlaydi.  

Kundalik hayotda iste'mol qilish uchun aholi va ijtimoiy soha obektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish belgilangan narxlarda “O‘ztransgaz” AJ va yoki uning hududiy gaz ta'minoti filiallari orqali amalga oshiriladi.

Nizomda gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, ularni iste'molchilarga yetkazib berish va hisobini yurishi tartibi, shuningdek, gaz ta'minoti tashkilotlari va iste'molchining huquq va majburiyatlari ham belgilab berilgan.

Mavzuga oid