Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi Uluğbek Qosimxöjayev Xitoy delegatsiyasi bilan uçraşdi. Qömita matbuot xizmatidan xabar berilişiça, tomonlar nafaqat Tszyansu provinsiyasi, balki butun Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilişgan.

Mehmonlar Tszyansu provinsiyasini sayyohlik nuqtai nazaridan jozibali mintaqaga aylantirişga oid 40 yillik tajribalari bilan bölişişdi va Xitoydagi turizm marketingi xususiyatlari haqida sözlab berişdi.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi

Uluğbek Qosimxöjayev turizm Özbekiston iqtisodiyotidagi muhim yönaliş ekanligini qayd etgan holda, unga Prezident Şavkat Mirziyoyevning strategik qarorlaridan keyin katta e'tibor qaratila boşlanganini qöşimça qildi. Qömita raisi örinbosari şuningdek sönggi yilda sayyohlar içki oqimi - ikki baravarga, Xitoydan taşrif buyuruvçi turistlar soni esa tört baravarga oşgani, qömita erişgan yutuqlari bilan çeklanib qolmasligini ma'lum qildi. Bunda nafaqat turistlarni jalb qilişga, balki infratuzilmani rivojlantirişga ham alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.

Hozirda butun mamlakat böylab mehmonxonalar qurilişi avj olgan. Birgina Buxoroning özida bugunga kelib 32 mehmonxona bunyod etilmoqda.

Qosimxöjayev sayyoh nafaqat Özbekistonga kelişni xohlaşi, balki unga qaytişni ham istaşi kerakligini qayd etdi. Buning uçun esa servisni yölga qöyib, xorijlik mehmonlarni xalqaro standartlarga mos yaşaş joylari bilan ta'minlaş muhimligi ta'kidlandi.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi

U şuningdek xitoylik mehmonlarga Özbekistonda investorlar uçun yaratilgan şaroitlar haqida ma'lumot berib, turistik soha şaffof va özaro manfaatli biznes-munosabatlar uçun oçiq ekanini yodga soldi.

Xitoylik mehmonlar ikki mamlakat mentalitetidagi ba'zi öxşaşliklar haqida sözlab, öz mamlakatlarida Özbekiston tarğibotini qöllab-quvvatlaşga va'da berişdi.

Ta'kidlaş joizki, turizmni rivojlantiriş mamlakat iqtisodiyoti uçun katta ahamiyatga ega. Xitoy delegatsiyasi rahbarining sözlariga köra, faqat turizmning özi Tszyansu provinsiyasiga 1 trillion yuan (145 435 437 108, 09 AQŞ dollari) keltirar ekan.