Tojikiston AQŞning sayyohlar uçun xavfsiz mamlakatlar reytingida (Travel advisory level) bir poğona pastga tuşdi, deb xabar berilmoqda davlat departamenti saytida.
Tojikiston endilikda uşbu reytingda «yuqori darajadagi ehtiyotkorlik» belgisi ostidagi ikkinçi guruhga kiritildi.
Davlat departamenti AQŞ fuqarolariga Tojikistonda bölganlarida mahalliy OAVni kuzatib turişni, öz yönalişlarini aniq belgilab olişni, odamlar gavjum joylar va jamoat transportidan uzoqroq yurişni maslahat bermoqda.
«2018 yilning 29 iyulida Danğaradagi terakt oqibatida AQŞning ikki nafar fuqarosi halok böldi. Garçi Tojikiston hukumati obektlari asosiy nişon bölsa-da, terrorçilar boşqa joylarda, masalan, yaşaş maskanlari, klub va restoranlar, mehmonxonalar, oçiq havodagi köngiloçar tadbirlarda xurujlarni amalga oşirişi mumkin», - deyiladi xabarda.
Travel advisory level reytingida mamlakatlar törtta xavfsizlik darajasiga ajratilgan bölib, Tojikiston ilgari bu röyxatda birinçi guruhda edi.
Eslatib ötamiz, 29 iyul kuni Xatlon viloyatining Danğara tumanida avtomobil bostirib borişi natijasida mamlakatda velosipedda sayr qilib yurgan tört nafar xorijlik: ikki nafar AQŞ hamda Niderlandiya va Şveytsariya fuqarolari halok bölgandi.
Tojikiston boş prokuraturasi bayonotiga köra, xorijlik sayyohlarga hujumni avvaldan işlab çiqilgan reja asosida «Islom davlati» niqobi ostida «Tojikiston islom uyğoniş partiyasi» ekstremistik-terrorçi taşkiloti a'zolari amalga oşirişgan.

















