O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston Respublikasi xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida izoh berdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018-yil 4-iyuldagi 3836-sonli qaroriga muvofiq va mamlakatga chet el fuqarolari kirish tartibini takomillashtirish maqsadida 2018-yil 15-iyuldan e'tiboran quyidagilar joriy etildi:
- elektron turistik viza olish: Ushbu tizim viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibidan foydalanishi mumkin bo‘lgan 51 davlat fuqarolariga nisbatan amal qiladi;
- O‘zbekistonga besh kungacha vizasiz tranzit kirish: Ushbu tartib 101 davlat fuqarolariga nisbatan joriy etilgan bo‘lib, bunda chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali tranzit bilan kelayotganlari va uchinchi mamlakatga uchish chiptasiga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu amaliyot O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni istagan tranzit yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi;
- 16 yoshga to‘lmagan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirishi: Bunda ushbu fuqarolar qonuniy vakillari hamrohligida bo‘lishlari va biometrik o‘tish hujjatiga ega bo‘lishlari talab etiladi va O‘zbekiston hududida hamroh shaxsning vizasi amal qilish davrida, lekin 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lishlari mumkin.

Soddalashtirilgan tartibda hamda «e-visa.gov.uz» portali orqali turistik viza rasmiylashtirish tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan:
1. Albaniya
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari
3. Andorra
4. Avstraliya
5. Avstriya
6. Belgiya
7. Birlashgan Arab Amirliklari
8. Bolgariya

















