Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi
2018 yil 15 avgustda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev, vazir o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Kengaytirilgan hay'at yig‘ilish joylarda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, yaratilgan sharoitlar hamda sport inshootlari quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada mavjud muammolar va ularning yechimlari xususida tanqidiy ruhda olib borildi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalarida aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda Buxoro viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i qo‘shimcha ma'lumot berishdi.
Shuningdek, vazir D.Nabiyev Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining 2018-2019 yillar manzilli dasturida belgilangan inshootlarda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari, mavjud muammolar xususida to‘xtalib, vazirlik tizimidagi mutasaddi rahbarlarga kerakli tavsiyalar berdi.
Mavzuga oid
15:04 / 31.12.2025
Sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 85 foizga chiqariladi
22:15 / 21.12.2025
O‘zbekiston yosh shaxmatchilari jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
20:58 / 04.11.2024