16 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudida Hikmatulla qori Yusupovga nisbatan bölgan jinoyat işi nazorat bosqiçida körildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Işda qatnaşgan qorining advokatlari Abdumalik Abdullayev va Xurşed Rustamov barça sud qarorlarini bekor qilib, H.Yusupovga nisbatan bölgan jinoyat işi qismini sodir etilgan jinoyatga daxldor bölmaganligi sababli, reabilitatsiya asoslari (oqlov)ga köra tugatişni, H.Yusupov adolatsiz sud hukmiga asosan nohaq jazo ötayotganligi uçun darhol uni ozod qiliş lozimligini söraşdi.
«Ötib borayotgan har bir kun unga nisbatan çiqarilgan sudning nohaq qarorini uzaytiradi. Şuningdek, yolğiz qizini turmuşga çiqargan Yusupovning turmuş örtoği, mahkum yaqinlari ham bunday holatdan aziyat çekmoqda. Bularni inobatga olib, uşbu sud majlisida barça ötgan sud qarorlarini bekor qilişingizni sörayman», deydi advokat Rustamov.
Sudda prokuror Boş prokuratura protestini quvvatlab, sud Hikmatulla Yusupovga nisbatan ayblov hukmi çiqarişda JPKning 22,463-moddalari talablariga rioya qilmaganligini, uni ayblaş tergov hibsxonasida bergan ayrim sudlanuvçilarning körsatuvlari asos qilib olinganini, jinoyat işida Yusupovning aybini tasdiqlovçi boşqa biror bir dalil mavjud emasligini, ayblovga qöyilgan «opiy» giyohvandlik vositasi aşyoviy dalil sifatida olinmaganligini, öz navbatida sudning xulosalari işning haqiqiy holatlariga muvofiq bölmaganligini e'tirof etib, ajrimni bekor qilib, işni yangidan körib çiqiş uçun kassatsiya instansiyasiga yuborişni söradi.
Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati maslahatdan çiqib, protestni qanoatlantirib, kassatsiya bosqiçida imom Hikmatulla Yusupovning iştiroki albatta ta'minlangan holda körilişini ma'lum qilib, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi kassatsiya instansiyasining 14.02.2017 yildagi ajrimini bekor qildi. Endilikda sudlov hay'ati işni yangidan kassatsiya tartibida köriş uçun jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudiga yubordi.
Sudlov hay'ati iş sönggida 5 (beş) kun içida iş jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudiga yuborilişini bildirdi.

















