NNTning chet ellik xodimlari uchun - akkreditatsiya kartochkasi yangi shakli
U adliya vazirining 15.08.2018 yilda 3055-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘i bilan tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Yangilangan kartochka buyruqqa ilovada ko‘rsatilgan. Hujjat e'lon qilingandan keyin yangi shakldagi kartochkalar beriladi, biroq bungacha berilganlari amal qilish muddati tugagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, akkreditatsiya kartochkasi chet el fuqarosiga O‘zbekistonda bo‘lish va mehnat faoliyatini, biroq faqat uni qabul qilayotgan NNTda amalga oshirish huquqini beradi.
NNTning, sh.j. diniy tashkilotlar, xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlari, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a'zolari akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun qabul qilayotgan NNT Adliya vazirligiga zarur hujjatlar ilova qilingan ariza beradi va 5 EKIHmiqdorida yig‘im to‘laydi. Ariza 1 oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Hujjat 16.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
16:46 / 26.08.2024
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi
23:32 / 30.01.2024
Nodavlat uyushmalarning davlatga taalluqli funksiyalari davlat idoralariga o‘tkaziladi
21:26 / 28.11.2023
O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish uchun keyingi bir yilda nimalar qilmoqchi?
09:36 / 24.11.2023