Isroil – bugungi kunning şubhasiz innovatsion davlatlaridan biri. Mustaqil bölganiga 70 yil bölgan, maydoni taxminan Farğona vodiysi bilan teng bölgan bu davlatning rivoj topişida ta'limning örni katta. Isroilning öqitiş uslubida ayrim jihatlar borki, uni çuqurroq örganib çiqiş foydadan xoli bölmaydi.
Ta'limga munosabat
Isroildagi ta'lim tizimi boşqa Yevropa davlatlari bilan soliştirganda katta farq qilmaydi – köp davlatlardagi kabi boşlanğiç, örta va oliy ta'lim. Lekin xalq va davlatning ta'limga bölgan munosabatini odatiy deb ataş biroz notöğri. Buni «kvartet munosabat» deb ham nomlaş mumkin: davlat tomonidan qöllab-quvvatlanadi, öqituvçi kuçli iştiyoq bilan bilim beradi, ota-ona bola muntazam band bölişida boş-qoş. Natijada öquvçi maqsad sari intilib ta'lim oladi.
Asosiy e'tiborni oliy ta'lim tizimiga qaratamiz. Isroil universitetlarining diplomi nufuzli hisoblanib, Yevropa va Amerikada qadrlanadi. Mamlakatda ham bakalavr diplomiga ega bitiruvçilar iş topişda deyarli muammoga duç kelmaydilar – oliy ma'lumotlilarning 95 foizi iş bilan ta'minlanadi. Texnologiya va muhandislik sohasidagi mutaxassislarning ayniqsa bozori çaqqon: ular iş izlab yurişlari şart emas, iş beruvçilarning özlari kadrlar uçun kuraş olib borişadi.
Öziga xos jihatlari
Isroilda, Yevropadan farqli ölaroq, 18 yoşga qadar oliygohga öqişga kirişning iloji yöq. Deyarli barça talabalar universitetga qadar harbiy xizmatni ötaydi. Odatda xizmat qizlar uçun 2 yil, öğil bolalar uçun 3 yilni taşkil etadi. Bu ta'limda juda muhim omil sanaladi.
Kiriş imtihonlarida xorijiy til böyiça testlarda yuqori ball töplagan talabalar öqiş mobaynida öşa fan ma'ruzalaridan ozod etilişi mumkin.
Ibroniy tilini biliş oliygohda ta'lim olayotgan barça mahalliy talabalar uçun majburiy hisoblanadi.
Isroilda talabalar MDH davlatlaridagi kabi semestrlar yakunida fanlarni yopiş uçun öqişmaydi – ular özlari tanlagan sohalari böyiça öqiş paytidanoq ilmiy izlanişlar olib borişadi, aksariyati öz startap loyihasini yölga qöyiş uçun davlat tomonidan moddiy rağbat olişadi. Şu tariqa, nazariy va amaliy bilimlar bir nuqtada uyğunlaşadi.
Universitetda nomutaxassislik fanlari örgatiladimi?
Ta'lim oluvçilar nafaqat oliygohlarda, balki maktab davridan boşlab özlari xohlagan fanlarni tanlab örganişlari mumkin. Universitetlarda birinçi öquv yilidanoq asosiy e'tibor mutaxassislik fanlariga qaratiladi, ya'ni, majburiy ravişda öqitiladigan nomutaxassislik fanlari talabalar vaqtini öğirlamaydi. Umumiy bilimlar örniga sohaning tor doirasidagi fanlar çuqur örganiladi.
















