Jahon | 16:34 / 18.08.2018
7255
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Belarus demokratik bloklar bilan qisilib qolganini ma'lum qildi

Foto: Belarus Prezidenti matbuot xizmati

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma'lum qilishicha, mamlakatda diktaturani amalga oshirishning iloji yo‘q, chunki Belarus demokratik bloklar orasida qisilib qolgan. Bu haqda «BelTA» axborot agentligi xabar bermoqda.

Lukashenko bunday bayonotni hukumat va vazirliklarning yangi rahbariyatini tayinlash paytida berdi. Belarus rahbarining ta'kidlashicha, jamiyatning o‘z qarorlariga reaksiyasini diqqatlik bilan kuzatib bormoqda, sababi boshidanoq «mamlakatda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida» odamlarning fikriga quloq tutib keladi.

«Biz demokratik mamlakatda yashaymiz. Bundan tashqari, ular g‘arb va sharqdan ikki demokratik blok tomonidan qisilib qolganmiz. Janubda bizda demokratiya juda ko‘payib ham ketgan. Belarusda qandaydir diktaturani amalga oshirish - umuman noreal», - dedi Lukashenko. 

Belarusda diktaturaning mavjudligi haqidagi bayonotlarni prezident «kulgili», deb atadi. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, «mamlakatda har doim tartib bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Belarus bosh vazirini almashtirgandi.

Mavzuga oid