Jangchi Konor Makgregorning jamoadoshi Jyeyms Gallaxer irlandiyalikning rossiyalik Habib Nurmagomedovga qarshi bahsi arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Konorning ichida olov yonmoqda. Uzoq vaqt mobaynida shohsupada bo‘lsang, motivatsiyani qayta tiklash uchun biroz dam olish talab etiladi. Mening fikrimcha, Makgregor bu yerda kim xo‘jayin ekanini Habibga ko‘rsatib qo‘yadi va uni o‘z o‘rniga qo‘yadi», - deya sportchining so‘zlarini keltiradi MMAFighting.

Nurmagomedov - Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC sobiq chempioni Nurmagomedov-Makgregor jangi haqida gapirgandi.