Rossiyada 2017 yilning oktabrida ikki özbek fuqarosining öldirilişi bilan boğliq iş oçildi. 

Rossiya Tergov qömitasining Baykalorti ölkasi böyiça tergov boşqarmasi tergovçilari IIV mintaqaviy boşqarmasi jinoyat qidiruvçi boşqarmasi xodimlari bilan birgalikda, 2017 yilning oktabrida sodir etilgan Özbekistonning ikki fuqarosi öldirilişi bilan boğliq işni tergov qilmoqda.

Mahkama ma'lumotlariga köra, RF Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik böyiça ayblov Nerçinsk tumani qişloqlaridan birida yaşovçi 34 yoşli fuqaroga qöyildi.

Foto: Rossiya Tergov qömitasi

Uşbu öta jiddiy jinoyatni foş qiliş böyiça işlar joriy yilning may oyida boşlandi. Öşanda Özbekiston fuqarosi huquq himoyaçilariga murojaat qilib, Çita şahrida ikki vatandoşining yöqolganligi haqida xabar berdi.

Ikki kişining tösatdan yöq bölib qolgani haqidagi xabar asosida darhol jinoyat işi qözğatildi, uni tergov qilişga Rossiya Tergov qömitasining tergov boşqarmasi apparati tergovçilari jalb etildi.

Ularning aniqlaşiça, ötgan yilning oktabr oyida erkaklar uçraşuvga yöl olib, qaytib kelişmagan. Tergovçilar politsiyaçilar hamkorlikdagi işi davomida 1984 yilda tuğilgan, Nerçinsk tumanida istiqomat qiluvçi şaxs erkaklarning öldirilişiga aloqador bölişi mumkinligini aniqladilar.

Foto: Rossiya Tergov qömitasi

Dastlabki söroq paytidayoq bu şaxs özaro nizo çoğida qurbonlarni ov miltiğidan otib öldirgani, jasadlarni esa jinoyat izlarini yaşiriş uçun kömib qöyganini tan oldi. Körsatuvlarni tekşiriş vaqtida tergovçilar öldirilganlarning jasadini ayblanuvçi körsatgan joydan topdilar.

Foto: Rossiya Tergov qömitasi

Sud murojaati bilan ayblanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlandi. Kerakli sud ekspertizalari, şu jumladan sud-tibbiy, DNK ekspertizalari va boşqalar belgilandi.