Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyatining Tomdi tumanida tabiiy fanlarni çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab-internatni taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Navoiy viloyati hokimligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi hamda Xalq ta'limi vazirligining 100 nafar öquvçiga möljallangan tabiiy fanlarni çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab-internat taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar maktab-internatning asosiy vazifalari etib belgilandi:
umumiy örta ta'limning davlat ta'lim standartlari asosida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda biologiya va kimyo fanlarini çuqurlaştirib öqitişni taşkil etiş;
har bir öquvçining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ularda mustaqil tadqiqotçilik faoliyati könikmalarini şakllantiriş va rivojlantiriş;
yuqori kasb mahoratiga eta bölgan pedagoglarni jalb etgan holda öquvçilarning yoş biologlar, yoş zoologlar, yoş kimyogarlar jamoalarini taşkil etiş, öquvçilarning fan sirlarini çuqur örganişlari hamda ijodiy salohiyatlarini namoyon qilişlari uçun zarur şaroitlar yaratiş.
Xalq ta'limi vazirligi:
2018-2019 öquv yilidan boşlab maktab-internatning 7-8-9-10-11-sinflariga öquvçilarni qabul qiliş, bunda birinçi navbatda, Tomdi tumanining olis hududlaridan öquvçilarni qabul qilişga e'tibor qaratiş;
maktab-internatning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş maqsadida öquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, öquv-metodik majmualar, öqituvçilar uçun metodik qöllanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan ta'minlaş çoralarini köradi.
Navoiy viloyati, Tomdi tumani, “Yangi-Tomdi” markazida joylaşgan Tomdi agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejining bino va inşootlari tegişli hududi bilan birgalikda Tomdi tumani xalq ta'limi bölimiga operativ boşqaruv huquqi asosida bepul beriladi va unga maktab-internat joylaştiriladi.

















