Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar kundalik turmuşda tobora çuqurroq örin egallab bormoqda. Dastlab undan qulay aloqa örnatiş maqsadida foydalanilgan bölsa, hozir ijtimoiy tarmoq allaqaçon özaro muloqotning asosiy vositasiga aylanib ulgurgan. Facebook esa Özbekistonda foydalaniladigan yetakçi ijtimoiy tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Kun.uz tahririyatiga yöllangan murojaatlarning biri aynan virtual olamdagi tanişuvlar bilan boğliq. Ayni paytda, akkaunt boş suratida çet ellik malla soç xonimlar tasvirlangan Facebook'ning özbekistonlik foydalanuvçilariga döstlik taklifi bilan çiqayotganlar köpaygandan-köpaymoqda. Bunday takliflar asosan erkak kişilarga nisbatan yuborilayotgan bölib, profil egalarining aksariyati, tarmoq sörovnomasida, asli Fransiyadan ekani iddao qilinadi. Ayrimlari hatto yaşaş joyini Toşkent, Buxoro yoki Jizzax sifatida belgilab olgani hayratlanarli holat. Tabiiy savol paydo böladi: bu malla soç xonimlarga özbekistonliklardan nima kerak bölişi mumkin?
Masala jiddiy yondaşmoqçi bölganimizdayoq, uşbu ijtimoiy öyinning «qurbon»lari paydo bölgan. Öz şaxsini sir saqlaşni söragan Facebook foydalanuvçisining aytişiga qaraganda, döstlik taklifidan közlangan maqsad firibgarlik yöli bilan pul undirib oliş bölgan.

«Döstlikni qabul qilişim bilanoq, menga ingliz tilida tanişuv xabarlari kela boşladi. Bu tilni örganişga bölgan qiziqişim çatni davom ettirişga undadi. «Burton Stanely» deb nomlangan profil egasi men haqimdagi ayrim (uylanganlik, bolalarim bor yoki yöqligi va işim töğrisidagi) savollarga javob olgandan söng videomuloqotga kirişiş fikrini örtaga taşladi. Qiz bolaning özi şunday taklif bilan çiqsayu (kamiga çet ellik), biz yöq deymizmi qabilida men ham rozi böldim. Muloqot boşlanişi bilan qiz kiyimlaridan xoli böla boşladi. U yoğini aytişga tilim bormaydi. Şayton yöldan urdi…» – deydi kutilmagan vaziyatga tuşib qolgan yigit.
Ma'lum bölişiça, virtual olamdagi bu mallasoç, videomuloqotni töliq yozib olib, uni tarqatmaslik evaziga 1500 AQŞ dollari talab qilgan. Facebook'ning işlaş tizimini yaxşi tuşunadigan döstlari yordamida yigit bu akkauntga «spam» berişga erişadi, lekin ustasi faranglar yangi «Paola Sandra» nomi bilan oçilgan profil orqali şantajni davom ettirişgan. Maşmaşa 1500 dollar pul bilan tugamasligini tuşungan holda, taqdirga tan berib, Facebook'ni butkul tark etiş – eng ma'qul variantdek köringan va şunday qilingan. Videoga kelsak, «Bağdodda hammayoq tinç», hozirça.













