Özbekiston erkin kuraş jamoasining eng oğir vazn toifasidagi vakili Magomed Ibragimov Osiyo öyinlari oltin medali uçun kuraşa olmaydigan böldi.

97 kg vazn toifasida Özbekiston jamoasi şarafini himoya qilgan sportçi yarim finalda eronlik Alirizo Karimmaşaniyga yutqazib qöydi.

Bahsning birinçi raundida Eron vakili 4:2 hisobida ustun kelgandi, ikkinçi raundda esa eronlik sportçi Magomed Ibragimovning kuragini yerga tekkizib, sof ğalabaga erişdi.

Endi Ibragimov bronza medal uçun bahslarda iştirok etadi.

Bundan avvalroq Raşid Qurbonov ham çorak finalda imkoniyatni boy bergandi.

Finalga Özbekiston erkin kuraş jamoasidan yagona vakil qolgan - 74 kg vazn toifasida iştirok etuvçi Bekzod Abdurahmonov Qozoğiston vakili Daniyar Kaysanov bilan oltin medal uçun kuraşadi.