Jahon | 09:20 / 19.08.2018
18812
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zingni Jyeyms Bonddek his qil”: mehmonxonalarda taklif qilinuvchi 5 ta antiqa xizmat 

Dunyoning ko‘plab mehmonxonalarida plyajda hordiq chiqarib, kokteyl ichish mumkin. Biroq ba'zi mehmonxonalarda sizning xayolingizga kelmagan antiqa xizmatlarni uchratish mumkin. 

Misol uchun, Tailanddagi Chiang Rayda joylashgan mehmonxonada yoga gilamchasini fil ustiga qo‘yib, yoga mashg‘ulotlari bilan mashg‘ul bo‘lish mumkin.

Skrishot

Berlindagi mehmonxonalardan birida esa shunchaki dush ostida qo‘shiq kuylash emas, balki o‘z qo‘shig‘ini mehmonxonadagi ikkita ovoz studiyasidan birida yozish imkoni mavjud. 

Foto: hotels.com

Nyu-Jyersidagi mehmonxonada esa bog‘ va Atlantika okeaniga ochiluvchi manzaraga ega tomda kechki vaqt kino namoyish qilinadi. Kunduzi esa tom hordiq chiqarish hududi – launj-hudud sifatida xizmat qiladi.

Foto: itsdroolworthy.com

Ummondagi mehmonxonada esa yanada antiqa xizmat turi mavjud bo‘lib, mehmonxona o‘z mijozlariga o‘zlarini mashhur josus Jyeyms Bonddek his qilish imkonini beradi. Agar mehmonxonaga mashina yoki taksida kelish sizga juda oddiydek tuyulsa, unda siz unga professional gid bilan birga paraplanda uchib kelishingiz ham mumkin.

Gavayidagi mehmonxonada esa tennis ishqibozlari uchun maxsus xizmat mavjud bo‘lib, mehmonxonadagi kortlar tennis o‘yinini yozib olib, real vaqtda tahlil qiluvchi kameralar bilan jihozlangan.

Mavzuga oid