Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Anqaradagi elchixonasi o‘qqa tutildi
AQShning Turkiyadagi elchixonasi o‘qqa tutildi. Bu haqda 20 avgustda CNN Türk telekanali ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea 20 avgust mahalliy vaqt bilan taxminan soat 05.00da sodir bo‘lgan. Anqaradagi elchixona oq rangdagi yengil avtomobildagi noma'lum shaxslar tomondan o‘qqa tutilgan. Elchixona tomon 4-5 o‘q uzilgan. Hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Bosqinchilar voqea joyidan yashirinishgan. Ayni vaqtda ular politsiya tomonidan qidirilmoqda.
«Biz AQSh elchixonasida xavfsizlik qoidalari buzilishi bilan bog‘liq holat ro‘y berganini tasdiqlaymiz. Bizda hozircha kimdir jarohatlangani haqida ma'lumot yo‘q. Hodisa tafsilotlarini o‘rganamiz. Biz Turkiya milliy politsiyasining bu holatga tezkor munosabatidan minnatdormiz», degan elchixona vakili Devid Geyner.
Elchixona shu haftada Qurbon hayiti munosabati bilan yopib qo‘yilgandi.
Qayd etish kerakki, ushbu hujum Turkiya va AQSh munosabatlari yomonlashuvi fonida ro‘y bermoqda.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026