Jakartada bölib ötayotgan Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasiga ilk oltin medalni olib kelgan erkin kuraşçi Bekzod Abdurahmonov «Kun.uz» muxbiriga intervyu berdi.

U finaldagi ğalabadan keyingi hissiyotlari va kelajakdagi rejalari bilan örtoqlaşgan.

«Bu ğalabamni Özbekistonlik xalqiga, yaqinlaşib kelayotgan Mustaqillik bayramiga bağişlayman.

Bu muvaffaqiyat bilan töxtab qolmayman. Eng katta maqsadim Olimpiadada ham çempion böliş.

Ungaça esa, şu yil oktabrida Vengriyadagi jahon çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etmoqçiman. Keyingi yili esa Istanbuldagi jahon çempionatida Olimpiadaga yöllanma olişga harakat qilaman.

Ötgan safar Olimpiadada medaldan quruq qolgandim. Bronza uçun bahsda ozarboyjonlik raqibga 6:7 hisobida yutqazgandim. Medalni taqişga yaqin qolgandim, yutqazib qöydim.

Hali yoşim 28da. Soğ bölsak, 40 yoşgaça ham iştirok etişimiz mumkin. Masalan, Artur Taymazov 33 yoşida Olimpiada çempioni bölgan. Rossiyalik bir sportçi 38 yoşida jahon çempionatida ğolib böldi.

Xudo xohlasa, Özbekistonga Olimpiada medalini ham olib beraman», degan Bekzod Abdurahmonov.