Içki işlar vaziri general-mayor Pölat Bobojonov rahbarligidagi Işçi guruh joriy yilning 12-16 avgust kunlari Xorazm viloyatining barça şahar va tuman içki işlar organlari hamda viloyat içki işlar boşqarmasida batafsil örganişlar olib borib, ularning yakuni böyiça har bir tarkibiy tuzilma va xodimlar faoliyatiga tanqidiy baho berildi.
Örganişlar davomida içki işlar vaziri Xazorasp, Boğot, Yangiariq, Xonqa, Urganç tumanlarida içki işlar organlari şaxsiy tarkibi bilan uçraşdi.
Örganişlar yakuni böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Boş prokuratura, viloyat hokimligi va içki işlar organlari mas'ul xodimlari iştirokida yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişda viloyatning ayrim içki işlar organlari xodimlarining fuqarolar bilan munosabatlarda noörin hatti-harakatlari, rahbarlarning mas'uliyatsizligi va beparvoligi hamda ularning qöl ostidagi xodimlari ustidan kunlik nazoratni lozim darajada olib borilmayotganligi oqibatida yöl qöyilgan kamçiliklar aholining haqli e'tiroziga sabab bölayotganligi körsatib ötildi.
Xususan, viloyatda joriy yilning yetti oyi mobaynida jinoyatçilik kamayganiga qaramasdan, ayrim hududlarda kriminogen vaziyat birmunça oğirlaşgan. Şovot va Yangiariq tumanlarida qotillik, Xonqa, Urganç va Qöşköpir tumanlarida oğir şikast yetkaziş jinoyatlari köpaygan.
Muhokamalar davomida egallab turgan lavozimiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etgan, sohada amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tölaqonli anglab yetmasdan, bugungi kun talablariga javob bermaydigan eskiça iş uslubida xizmat qilayotgan, öz ustida işlamasdan, fuqarolarning manfaati yölida jonbozlik körsatmagan Yangibozor tumani IIB boşliği vazifasini bajaruvçi J.Piryazov, IIB boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari Yu.Axmedov, Jinoyat qidiruv bölinmasi boşliği I.Salayev, Urganç tumani IIB boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari Ş.Jumanazarov, Qöşköpir tumani IIB boşliğining birinçi örinbosari Ş.Xasanov, Yangiariq tumani IIB boşliğining xizmat böyiça örinbosari X.Nurmetovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar.

Şuningdek, faoliyatida yöl qöygan kamçiliklar, xizmat vazifalarini bajarişga mas'uliyat bilan yondaşmagan qator rahbar va xodimlarga turli darajadagi intizomiy jazo çoralari qöllanildi.
















