Şerobod tumanida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etilgan sement zavodi foydalanişga topşirildi. Uning tantanali oçiliş marosimida viloyat hokimligi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” va “Özqurilişmateriallari” aksiyadorlik jamiyatlari, Turkiyaning “Dal teknik makina ticaret ve sanayi a.s.” kompaniyasi hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Tadbirda sözga çiqqan viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Bahodir Pölatov va boşqalar davlatimiz rahbarining 2016 yil 10 oktabrdagi “Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida sement zavodi qurilişi investitsiya loyihasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga asosan qurib, foydalanişga topşirilayotgan uşbu sement zavodi vohamizda quriliş sanoatini zamon talablari darajasida rivojlantirişda, zamonaviy quriliş materiallarini köpaytiriş va işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yönaltirişda muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidlaşdi.

Haqiqatdan ham, texnologik qismi turkiyalik hamkorlar tomonidan amalga oşirilgan mazkur zavodning Şerobod tumanida bunyod etilişining öziga xos afzalliklari bor. Çunki eng yirik, ya'ni 708 million tonna sement xom aşyosi, şu jumladan, 530 million tonna ohaktoş va 178 million tonna tuproq (glina) mavjud konlar aynan şu hududda joylaşgan.

Qiymati 212,8 million AQŞ dollari bölgan uşbu investitsiya loyihasining amalga oşirilişi natijasida bu yerda yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli portlandsement işlab çiqariş yölga qöyildi hamda tumanning 1200 nafar fuqarosini doimiy iş bilan ta'minlaş imkoniyati yaratildi.

Surxondaryo viloyatining geografik joylaşuvi nafaqat yurtimizda amalga oşirilayotgan, balki qöşni davlatlar, şu jumladan, Afğoniston Respublikasida ham keng kölamdagi quriliş bunyodkorlik işlari uçun zarur bölgan sement mahsulotining içki va taşqi bozorda öz xaridorini topiş imkoniyatini beradi.