01:13 / 21.08.2018
7194

La Liga. "Atletiko" birinchi turda ochko yo‘qotdi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 1-turining markaziy o‘yinida "Valensiya" o‘z maydonida "Atletiko Madrid"ni qabul qildi. "Mestalya"da kechgan o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

26-daqiqada Korrea mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 56-daqiqada Rodrigo uchrashuvning durang bilan yakunlanishini ta'minladi. 

Valensiya – Atletiko 1:1 (0:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 26 Korrea, 1:1 – 56 Rodrigo.
Valensiya – Neto, Garay (Diakabi, 67), Gayya, Pichchini, Gabriel, Soler (Batshuayi, 76), Parexo, Kondogbia, Vass, Rodrigo, Santi Mina (Gameyro, 67).
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Koke, Saul, Lemar (Vitolo, 63), Korrea (Parti, 81), Grizmann (Jyelson Martinsh, 72), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Savich (13), Garay (45), Xuanfran (52), Filipe Luis (63), Rodrigo (70).

Top