Xitoylik suzuvchi Lyu Syan Jakartada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida 50 metrga chalqancha suzish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda TASS.

U belgilangan masofani 26,98 soniya ichida suzib o‘tdi. Ushbu masofaga suzish bo‘yicha avvalgi rekord xitoylik yana bir suzuvchi Chjao Tszinga tegishli bo‘lib, u 2009 yili Rimda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 27,06 soniya natija ko‘rsatgandi.

2015 yilda suv sporti turlari bo‘yicha Qozonda o‘tkazilgan jahon chempionatida Lyu Syan bronza medalini qo‘lga kiritgandi.