Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini noqonuniy deb atadi
AQSh tomonidan Eronga qarshi qayta joriy qilingan sanksiyalar Eron iqtisodiyotini barbod qiladi va tinch fuqarolarning hayotiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu haqda BMTning erkinliklar va huquqlarga bir tomonlama majburiy choralarning salbiy ta'siri masalasi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Idris Jazoiriyning bayonotida aytilgan.
“Vashingtonning AQShning o‘zi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Xavfsizlik kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan Eron bilan yadroviy kelishuvdan bir tomonlama chiqishidan keyin Tehronga qarshi sanksiyalar kiritishi bu harakatlarning noqonuniyligini ko‘rsatadi”, deb aytgan Jazoiriy.
U BMT nizomiga ko‘ra “shunday mazmunsiz hujumlardan qochish uchun” sanksiyalar Xavfsizlik kengashi qarorigina bilan joriy qilinishi mumkinligini eslatib o‘tgan. Jazoiriyning aytishicha, sanksiyalar oddiy fuqarolar huquqlarini buzmasligi kerak va qonuniy asosga ega bo‘lishi lozim, biroq “bu holatda ushbu tamoyillardan birortasiga amal qilinmagan”.
“Bu adolatsiz va zararli sanksiyalar Eron iqtisodiyoti va valyutasini barbod qiladi, millionlab odamlarni nochorlikka olib keladi, ko‘plab import qilinuvchi mahsulotlarga yo‘lni yopadi”, deb aytgan Jazoiriy.
U shu munosabat bilan AQShni Eronga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat, dori-darmonlar va tibbiy texnika olib kirishga ruxsat berishga chaqirgan.
Jazoiriy o‘z bayonotida qolgan davlatlarning Tehronga iqtisodiy bosim o‘tkazishda ishtirok etmaslik qarorini qutlagan va xalqaro hamjamiyat “tinchlikning iqtisodiy urush maydoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligiga” umid bildirgan.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026