Deutsche Bank'ning Londondagi bölinmasi Rossiya hukumatiga maktub yölladi, unda «sizning firmangizdan eng sönggi ma'lumotlar» taqdim etiş talabi qöyilgan. Bunga rad javobi beriladigan bölsa, bank aloqalarni uzişga va'da bergan. Bu haqda «Vedomosti» gazetasi xabar bermoqda.

27 iyundagi murojaatda aytilişiça, bank Rossiya Federatsiyasi hukumatiga taqdim etiladigan xizmatlarni, şuningdek, Know your customer («öz mijozingni bil») amaliyoti doirasida mavjud bölgan hujjatlarni tahlil qilmoqda. Bank 30 kun içida aloqaga çiqiş haqida söragan, ya'ni iyul oyi oxirigaça, lekin RF hukumat bunday qilmadi. Bankning özi ham muloqotga çiqmagan.

Rossiya Moliya vazirligi maktub olganini tasdiqladi, lekin boşqa banklar bunday sörovlarni yubormaganini ta'kidlab, izoh berişdan boş tortdi. Öz navbatida, Deutsche Bank vakilining aytişiça, bank Know your customer amaliyoti doirasida muntazam ravişda «butun dunyodagi barça şeriklarni rasmiy tekşiruvdan» ötkazadi.

Maktubda bank Rossiya hukumati uçun qanday operatsiyalarni amalga oşirgani haqida aytilmagan. Bu davlat obligatsiyalari bilan boğliq bitimlar bölişi mumkin. Nomi oşkor etilmagan federal amaldorning tasdiqlaşiça, Deutsche Bank bir neça marta obligatsiyalar çiqaruvçi bank-taşkilotçi vazifasini bajargan va ba'zi hollarda fiskal agent bölgan.