Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, odamlarning 50 foizdan ko‘pi - surunkali prokrastinator. Ular loyihalarni topshirish vaqtini kechiktirishadi, zarur hisob-kitoblarni vaqtida amalga oshirishmaydi va ish vaqtida ijtimoiy tarmoqlar bo‘ylab "kezishadi". Ishingiz ko‘p bo‘lsa-yu, hech unga kirisha olmayotgan bo‘lsangiz, nima qilish kerak? "Zdorove s Yelenoy Malyshevoy"da shunga doir ma'lumotlar berildi.

Prokrastinatsiya nima?

Prokrastinatsiya - insonning muhim ishlarni rad etib, mayda ishlar bilan shug‘ullanish yoki ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga berilish holati. U bir vaqtning o‘zida ishning muhimligi va shoshilinchligini yaxshi anglaydi. Prokrastinatsiya shu jihati bilan dangasalikdan ajralib turadi: biror ishni bajarishga eringan inson buni tushunib tursa-da, xavotir ham olmaydi. U shunchaki ishni chetlab o‘tishga urinadi. Prokrastinator esa o‘zini oqlash uchun bahona izlaydi va vijdoni oldida qiynaladi.

Foto: lifehacker.ru

Bu holat 96 foiz odamlarga tanish va umuman normal holat hisoblanadi. Prokrastinatsiya faqat ishda yoqimsiz vaziyatlar va atrofdagilarning noroziligini keltirib chiqargandagina muammoga aylanadi.

Nima uchun prokrastinatsiyaga duch kelamiz?

Bu holatni izohlash mumkin bo‘lgan ko‘p nazariyalar bor. Ularning eng mashhuri hissiyotlar uchun miyaning bir uchastkasi, rejalashtirish va e'tibor uchun esa - boshqasi javob berishi to‘g‘risidagi nazariyadir. Shu bois ko‘ngil yozish istagi va foydali ish qilish zarurati o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Agar huzur-xalovat markazi g‘olib bo‘lsa, prokrastinator ishni keyinga qoldiradi va o‘ziga yoqqan biror boshqa mashg‘ulot bilan shug‘ullanadi.

Unga qarshi qanday kurashish mumkin?

Tajribali prokrastinator va WaitButWhy.com sayti asoschisi Tim Urban TED anjumanida prokrastinatsiyaga qarshi kurashga doir qo‘llanmalar ish bermasligini aytdi. Ularni axir aqlli, teran fikrlovchi kishilar yozadi-ku - aks holda ular bunday hajmdagi matn va tadqiqotlarni uddalay olishmas edi. Shunday bo‘lsa-da, vaziyatdan chiqish yo‘lini izlash kerak, bo‘lmasa, prokrastinatsiya butun hayotingizni "yeb bitiradi".

Olimlarning prokrastinatsiyaga oid asosiy maslahatlarini e'tiboringizga havola qilamiz - agar ularning hech biri sizga yordam bermasa, psixoanalitikka uchrashish vaqti kelgan bo‘ladi. Sizning prokrastinatsiyaga moyilligingiz qandaydir chuqur psixologik muammoning asorati bo‘lishi mumkin.