Orolni qutqariş Xalqaro jamğarmasining sammiti (24 avgust) oldidan Turkmanboşi şahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ekologiyani muhofaza qiluvçi taşkilotlari bilan yiğiliş bölib ötdi. Bu haqida bugun Turkmaniston Taşqi işlar vazirligi axborot berdi.
Barqaror rivojlaniş böyiça davlatlararo komissiyasi doirasida turli ekologik muammolar muhokama qilindi. Qatnaşuvçilar mintaqaviy hamkorlikning institutsional, huquqiy bazasi va atrof-muhitni himoya qilişni kuçaytiriş masalalarini körib çiqişdi.
Şunigdek, “Avaza” turistik zonasida Xalqaro koordinatsion suv xöjaligi komissiyaning (XKSXK) 74-majlisi bölib ötdi.
Markaziy Osiyo suv xöjaligi boşqarmalari rahbarlari – XKSXK a'zolari bu yilda Sirdaryo va Amudaryo havzalari böylab suv omborlari kaskadlari çegaralarini va iş rejimlarini joriy etiş, Orol dengizi böyida yaşovçi aholiga yordam beriş dasturini tayyorlaşni muhokama qilişdi.
Uşbu dasturning maqsadlari suv böyida istiqomat qiladigan aholi turmuş tarzini yaxşilaş, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiliş, suv resurslaridan ratsional foydalaniş va iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça hamkorlikni kuçaytirişdir.
Anjuman doirasida Markaziy Osiyoning mintaqaviy ekologik markazining “Smart Waters Project” loyihasini amalga oşiriş böyiça taqdimot namoyiş etildi.















