
Şanba, 11 avgust kuni Toşkentda New Life Medical'ning Pozitron-emissiya tomografiya Markazi oçilişi bölib ötdi. Kompaniyaning asosiy yönalişi – yangi uskunalarda eng zamonaviy va innovatsion usullar bilan onkologik kasalliklarga taşxis qöyişdan iborat.
Yadro tibbiyot markazi saraton kasalligining erta davrida taşxis qöyiş, kasallik bosqiçlarini aniqlaş, şuningdek ötkazilayotgan davolaş samaradorligini kuzatib borişga qodir bölgan GE 128 Discovery MI DR PET/KT uskunasiga ega.
Bemorlarni tekşiruvdan ötkaziş bevosita maxsus radioizotop farmakologik preparat yordamida amalga oşiriladi. Öz tuzilişiga köra standart glyukozaga yaqin bölgan uşbu universal preparat barça ösma hujayralarida faol töplaniş xususiyatiga ega bölib, uning yarim parçalaniş davri 108 daqiqani taşkil qiladi.
Uşbu preparat inʼeksiya yöli bilan tanaga kiritilgandan söng asosan ösma hujayralarida töplanganligi sababli, PET/KT uskunasida ösma tasvirini yuqori sifatli darajada köriş imkoniyati tuğiladi.
Preparat qisqa hayot keçiruvçi izotop bulib, yarim parçalaniş davri 108 daqiqaga ega. Bemor tanasida parçalanib, bir sutka davomida butunlay yöq böladi hamda organizmdan ayiruv tizimi orqali çiqarib yuboriladi. Yadro tibbiyot markaziga örnatilgan PET/KT uskunasida bemor tanasini boşidan-oyoğigaça 20 daqiqa davomida batamom tekşiriş imkonini beradi va bu boşqa PET-skanerlar bilan soliştirilganda sezilarli ravişda tezroq amalga oşiriladi.
Dunyoda har kuni minglab bemorlar PET/KTda tekşiruvlardan ötişadi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, bugungi kunda Özbekistonda onkologik kasallikka duçor bölgan 120 mingdan ziyod bemorlar röyxatga olingan. Ularning uçdan bir qismi har yili PET/KT uskunasida tekşiruvdan ötiş uçun xorijiy davlatlarga borişadi. Mazkur tekşiruvni New Life Medical klinikasida amalga oşiriş sezilarli ravişda, ya'ni 3-4 barobar arzonga tuşadi. Bundan taşqari, tekşiruv natijalari ham bemorga qisqa muddat davomida taqdim etiladi.
Jarayonning özi köp yillik tajribaga ega bölgan mutaxassislar guruhining qat'iy nazorati ostida ötkaziladi. Tsiklotron muhandislari, radiokimyogarlar, radiofarmatsevtlar, radiolog şifokorlar, şu jumladan professor, dotsent, katta ilmiy xodimlar, fan doktorlari va nomzodlari bir yoqadan boş çiqarib, uşbu öta murakkab, innovatsion diagnostika usulini amalga oşirişda tinmasdan işlamoqdalar.


















