Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooranboy Jeenbekov 23 avgust kuni Turkmanistonga davlat taşrifini amalga oşirdi. Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralardan söng ikki davlat rahbarlari Sooranboy Jeenbekov va Gurbanguli Berdimuhammedov ommaviy axborot vositalari uçun qöşma bayonot berişdi.

Tarixiy taşrif
Jeenbekov Turkmaniston prezidenti va butun turkman xalqiga mehmondöstlik uçun minnatdorçilik bildirdi.
"Bu mening Turkmanistonga birinçi taşrifim. Bugun biz ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildik hamda bundan keyingi hamkorlik yönalişlarini belgilab oldik. Biz Qirğiziston Respublikasi va Turkmaniston örtasidagi Strategik hamkorlik töğrisidagi deklaratsiyani imzoladik. Bu ikki tomonlama munosabatlardagi tarixiy hodisa bölib, mamlakatlarimizning döstlik va hamkorlik tarixida yangi sahifani oçadi", - dedi Sooronboy Jeenbekov.
U bugungi muzokaralar qirğiz-turkman aloqalarini mustahkamlaş, ularni barça sohalarda rivojlantiriş yölida xizmat qilişini ta'kidladi. Şuningdek ikki mamlakat siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar yönalişlar böyiça hamkorlik darajasini kengaytirişini ma'lum qildi. Jeenbekov Qirğiziston va Turkmaniston örtasidagi özaro tovar aylanmasini oşiriş zarurligini qayd etdi.
Qöşma bayonotda bugungi uçraşuvlar yakunlariga köra ikki tomon muhim hujjatlar paketini imzolangani e'lon qilindi.
Sooronbay Jeenbekov Gurbanguli Berdimuhammedovga ikki davlat örtasidagi döstona aloqalar rivojiga qöşgan hissasi uçun taşakkur aytib, uni javob taşrifi bilan Qirğizistonga borişga taklif etdi.

Qanday hujjatlar imzolandi?
Jeenbekovning davlat taşrifi yakunlariga köra, mamlakatlar örtasidagi munosabatlarni faollaştirişga yönaltirilgan hukumatlararo hujjatlar paketi hamda Turkmaniston va Qirğiziston örtasidagi strategik hamkorlik töğrisidagi deklaratsiya imzolandi.

















