2018 yil 24 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz’ga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Videokonferents-aloqa tarzida ötkazilgan majlisda Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik işlari böyiça hamda ma'muriy va iqtisodiy sudlar, harbiy sudlar raislari va sudyalari, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengaşi a'zolari, Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunçilik palatasi deputatlari, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengaşi vakillari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar mas'ul xodimlari, huquqşunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Plenum majlisida yangi tahrirdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonun normalarini qöllaşning ayrim masalalari töğrisida”, “Sudlar tomonidan jinoyat işlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida köriş amaliyoti töğrisida” va “Fuqarolik işlarini sud muhokamasiga tayyorlaş töğrisida”gi Oliy sud Plenumi qarorlari loyihalari muhokama qilindi.

Xususan, Plenum majlisida muhokama etilgan “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonun normalarini qöllaşning ayrim masalalari töğrisida”gi qaror loyihasi amaldagi qonun hujjatlariga tegişli özgartirişlar kiritilgani hamda tergov-sud amaliyotida ayrim muammolar kelib çiqayotgani munosabati bilan işlab çiqildi. Mazkur qaror loyihasi bilan sudlarning e'tibori şaxsning jinoyat sodir etişda aybdorligi qonunda belgilangan tartibda isbotlangunga qadar aybsiz hisoblanişi haqidagi Konstitutsiyamizda mustahkamlangan aybsizlik prezumptsiyasiga qat'iy rioya etiş zarurligiga qaratilmoqda. Şu munosabat bilan har bir iş böyiça iş yurituvda jinoyat-protsessual qonuni normalariga qat'iy amal qiliş şartligi töğrisidagi Jinoyat-protsessual kodeksining 11-moddasida (qonuniylik) belgilangan talablarga suriştiruv, dastlabki tergov organlari va sud tomonidan qat'iy rioya etiş muhim ahamiyat kasb etadi. Suriştiruvçi, tergovçi, prokuror va sud tomonidan qonun normalarini aniq bajariş va unga rioya etişdan har qanday çekiniş, u qanday sababga köra, yuz berganligidan qat'iy nazar, şu yöl bilan olingan dalillarning nomaqbul (yaroqsiz) deb topilişiga olib keladi. Öz navbatida, nomaqbul dalillar yuridik kuçga ega bölmay, ulardan Jinoyat-protsessual kodeksining tegişli moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlaş uçun foydalaniş hamda ularni ayblov asosiga qöyiş mumkin emas. Şu munosabat bilan Plenum qarori loyihasida isbot qiliş jarayonida dalillarning maqbulligi töğrisidagi masalani töğri hal etiş muhim örin tutişi qayd etildi. Dalillar maqbulligining şartlari esa, quyidagilardan iborat: dalil tegişli sub'yekt tomonidan, ya'ni dalilni oliş bilan boğliq bölgan protsessual harakatni ötkazişga vakolatli mansabdor şaxs tomonidan olingan bölişi; faktga oid ma'lumotlar faqat Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasining (dalillarning turlari) 2-qismida qayd etilgan manbalardan olingan bölişi; dalil uni oliş bilan boğliq protsessual harakatni ötkazişga oid qoidalar va tartibga rioya etilgan holda olingan bölişi; dalilni olişda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd etilişga doir qonunning barça talablariga amal qilingan bölişi. Plenum qarori loyihasida dalillar maqbulligiga taalluqli yuqorida sanab ötilgan şartlardan birortasiga amal qilmaslik dalilning nomaqbul deb topilişiga asos bölişi belgilab qöyildi.