Özbekiston tennis jamoasi yetakçisi Denis Istomin Osiyo öyinlari finaliga yöl oldi.
U yarim finalda hindistonlik Gunnesvaran Prayneşni 2 set davom etgan bahsda 6:2, 6:2 hisoblarida mağlub etdi.
Endi Istomin finalda Li Dukhe (Janubiy Koreya) va Vu Yibing (Xitoy) örtasidagi bahs ğolibiga qarşi kortga çiqadi.
Turnirga birinçi raqamli raketka sifatida taşrif buyurgan Istomin yarim finalga qadar pokistonlik Aqil Xonni 6:3, 6:1 hisoblarida, xitoylik Jang Jijyengni 6:4, 6:3 hisoblarida, qozoğistonlik Aleksandr Bublikni 6:1, 3:0 hisoblarida (texnik ğalaba) mağlubiyatga uçratgandi.
Qayd etiş kerakki, Özbekiston nomidan Osiyo öyinlariga yöl olgan 8 nafar tennisçidan faqat Denis Istomingina finalga yetib keldi.





















