2018 yilning 24 avgustida Özbekiston va Belarus Respublikalari hukumatlararo komissiya doirasida «AMILOV» qandolatçilik fabrikasiga Özbekiston Boş vaziri örinbosari N.S. Otajonov va Belarus Boş vaziri örinbosari M.M. Rusiy taşrif buyurişdi.
Uşbu taşrifda Özbekistonning Belarusdagi elçisi N.S. Yusupov, Özbekistonning Belarusdagi Favqulodda va Muxtor elçisi L.A. Mariniç, Belarus Respublikasi oziq-ovqat va qişloq xöjaligi Vaziri örinbosari V.V. Grakun, «Özbekoziqovqatxolding» XK boşqaruvi raisi örinbosari A.X Salimov, «Kommunarka» OAJ boş direktori I.I. Dançenko va Belarus Respublikasi hukumati va işbilarmonlik doiralarining boşqa vakillari iştirok etdilar.

Delegatsiya vakillari taşrifi doirasida «AMILOV» qandolatçilik fabrikasi va «Kommunarka» OAJ örtasida qandolat mahsulotlarini hamkorlikda işlab çiqariş töğrisidagi memorandum imzolandi.

Kelajakda «Kommunarka» OAJ va «AMILOV» qandolatçilik fabrikasi örtasida «Kommunarka» OAJga qaraşli bölgan mahsulot belgilaridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziya şartnomalarini tuziş orqali hamkorlik örnatiş yulga qöyildi. Özbekiston «AMILOV» qandolat fabrikasi özining keng turdagi mahsulotlari bilan Belarus Respublikasi va MDHning boşka davlatlarining içki bozoriga kirib keliş niyatida.

Belarus Respublikasi delegatsiya vakillari«AMILOV» qandolatçilik fabrikasiga taşrifi çoğida fabrikaning işlab çiqariş quvvati va uskunalariga yuqori baho berib, Yevropa va MDH davlatlari fabrikalaridan qolişmasligini aytib ötdi. Şuningdek, qandolat mahsulotlari işlab çiqariş böyiça «AMILOV» fabrikasi bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirişga katta qiziqiş bildirdi.

«Kommunarka» OAJ – Belarus Respublikasidagi yirik qandolatçilik fabrikalaridan biridir.
















