25-27 dekabr kunlari poytaxtimizdagi «Özkörgazmasavdo» majmuida «Non va qandolat mahsulotlari bayrami – 2018» savdo yarmarkasi bölib ötadi. Yarmarka «Non – rizq-rözimiz!» şiori ostida ötkazilmoqda.
Körgazma maydoni 3500 kvadrat metrdan ortiq.100 dan ziyod iştirokçi öz mahsulotini namoyiş etadi.
Mehmonlar körgazma-savdolarga qöyilgan non va qandolatçilik mahsulotlarini tatib körişi va şu yerning özida xarid qilişi mumkin.Non va qandolatçilik mahsulotlari işlab çiqariş böyiça eng zamonaviy xorijiy texnologiya va uskunalar savdosi tomoşabinlarga ham, xaridorlarga ham qiziqarli bölişi kutilmoqda.
Şuningdek, körgazma-savdo mehmonlari bayram dasturxoni uçun kerakli masalliqlarni şu yerning özida xarid qilişi uçun barça imkoniyatlar yaratilgan. Körgazma-savdo pavilonlarida poytaxt aholisi va şahrimiz mehmonlari uçun barça turdagi oziq-ovqat (non va qandolatçilik, turli pişiriqlar, yangi sabzavot va mevalar, göşt, sut va boşqalar) mahsulotlarining arzonlaştirilgan savdosi taşkil etiladi.
Körgazma-savdo bölimlari
Non va non mahsulotlari – yuzdan ziyod turdagi obi non, şirmoy non, patir, kulça va hokazolar; oşxona jihozlari.
Qandolatçilik mahsulotlari:
· Turli pişiriqlar, şirinliklar, konfet va şokoladlar, murabbo, marmelad, biskvitlar, peçene va boşqalar.
· Körgazmaga qöyilgan texnologik uskunalarda non va qandolatçilik mahsulotlari tomoşabinlar iştirokida tayyorlab körsatiladi.
Şuningdek:
- un tegirmoni (mini zavod);
- mutaxassislarning maslahati (mahorat darslari);
- masalliqni tayyorlaş va pişiriş;
- mahsulotni qadoqlaş namoyiş etiladi.
Yarmarka savdolari doirasida iştirokçilar va mehmonlar uçun:
- turli tanlovlar va maşhur san'atkorlar iştirokida konsert dasturlari;
- bolalar uçun qöğirçoqlar savdosi;
- «Non» va «Qand» mavzularida bolalar rasmlari tanlovi (ğoliblarga esdalik sovğalari topşiriladi).
















