“Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, qandolatçilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan boğliq savdo operatsiyalarini moliyalaştiriş uçun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oşirilgan eksport hajmidan kelib çiqqan holda 2 yil muddatgaça quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:

  • eksport hajmi 500 ming AQŞ dollarigaça bölganda – 1 million AQŞ dollarigaça;
  • eksport hajmi 500 ming AQŞ dollaridan 4 million AQŞ dollarigaça bölganda – 2 million AQŞ dollarigaça;
  • eksport hajmi 4 million AQŞ dollaridan ortiq bölganda – 3 million AQŞ dollarigaça.

2025 yil 1 yanvargaça keng turdagi qandolat mahsulotlarini işlab çiqarişda foydalaniladigan qadoqlaş va etiketkalaş mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.

Farmon bilan tekstil sanoatini qöllaşning qöşimça çoralari ham belgilanmoqda.

Unga köra, 2025 yil 1 yanvargaça ip-kalava işlab çiqaruvçilarga paxta va sun’iy tolani öz ehtiyoji uçun import qilişda (qöşni davlatlardan taşqari) transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

2024 yil 31 dekabrgaça ip-kalavani eksport qilişda undiriladigan yiğimning amaldagi miqdori 5 baravarga kamaytiriladi.

2024 yil 31 dekabrgaça böyalgan mato va böyalgan gazlamani realizatsiya qilişdan tuşgan umumiy tuşumida uşbu mahsulotlarni içki bozorda sotiş uluşi kamida 50 foizni taşkil qilgan korxonalarga ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi böyiça tölaş hamda uç yil muddatgaça yuridik şaxslardan olinadigan mol-mulk soliği tölovini keçiktiriş huquqi beriladi.

2026 yil 1 oktyabrgaça töqimaçilik va tikuv-trikotaj korxonalari faoliyati uçun zarur bölgan ayrim tovarlarni import qilişda bojxona bojidan ozod qilinadi.

Sanoat zonalarida yer maydonlari hamda bino va inşootlarni ijaraga berişda tölovlarni bölib-bölib tölaş davri amaldagi 12 oydan 24 oygaça uzaytiriladi.