Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada ikki tonna kokain ushlandi. Ularda «Yedinaya Rossiya» partiyasi logotipi bo‘lgan
Belgiyaning Gent shahri portida politsiya taxminan ikki tonna kokainni ushlab qoldi. Bu haqda VRT telekanali xabar berdi. Tezkor suratga olish kadrlarida ichida giyohvand modda bo‘lgan briketlarda «Yedinaya Rossiya» partiyasining logotipini ko‘rish mumkin, ammo jurnalistlar bunga e'tibor bermadilar.
Ta'kidlanishicha, bu Gent portida qo‘lga kiritilgan giyohvand moddalarning eng katta partiyasidir. U 21 avgust kuni politsiya tomonidan topilgan. Kokain Braziliyadan kelgan kemadagi uchta konteynerda yashirib qo‘yilgan bo‘lgan. Giyohvand moddalar 1900ta briketga qadoqlangan.
Sharqiy Flanders federal sud politsiyasidan ma'lum qilishlaricha, bu molning umumiy qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.
Belgiyada rekord darajadagi kokain partiyasi topilganidan so‘ng, mamlakat prokuraturasi jinoyat ishini ochdi. Hozirgi vaqtda huquq-tartibot idoralari yetkazib berish kanali kim tomonidan tashkillashtirilganini aniqlashga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026