Jahon | 12:47 / 26.08.2018
6710
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Hillari Klintonning yozishmalari bilan bog‘liq ish tergovini qaytadan boshlashi mumkin

© REUTERS / Kevin Lamarque

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning FTB (Federal tergov byurosi) tomonidan tugatilgan pochta yozishmalari bilan bog‘liq mojaroni huquq-tartibot organlari uni puxta o‘rganmagan degan vaj bilan qayta boshlashi mumkinligiga shama qildi.

O‘zining Twitter’dagi akkauntida Amerika yetakchisi Fox News telekanalidan iqtibos keltirib, FTB 675 mingta elektron xatdan faqat uch mingtasini yoki 1 foizdan ham kamrog‘ini o‘rganganini ta'kidlab o‘tdi. Tramp FTB Klinton xonimning «juda yomon» va ichida «saylovlar haqida yolg‘on ma'lumotlar bo‘lgan o‘n minglab» xatlari bee'tibor qoldirilgani faktini «muhim yangilik» deb atadi.

«Aminmanki, biz yaqinda bu korrupsiyaning mohiyatiga yetib boramiz. Qaysidir lahzada balkim men ham qo‘shilishga majbur bo‘larman», — deb yozgan Oq uy rahbari.

Juma kuni Tramp bosh prokuror Jyeff Senshsdan prezidentlik saylovlarida qatnashgan sobiq nomzod, shuningdek, demokratik partiyaning boshqa vakillariga nisbatan tergov-surishtiruv harakatlarini boshlashni talab etgan edi. U shuningdek, Klinton xonim sodir etgan jinoyatchilari uchun qamoq jazosiga loyiq ekanligini ham ta'kidlagan.

Iyul oyida Tramp senatorlarni sobiq davlat kotibi Hillari Klinton tomonidan shaxsiy pochta serveridan foydalanganlik faktini surishtirishga chaqirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda AQShda Hillari Klinton davlat kotibi vazifasini bajarib yurgan chog‘larda shaxsiy elektron pochtasidan xizmat maqsadlarida foydalangani uchun mojaro kelib chiqqan edi. FTB tergov-surishtiruv harakatlari olib borib, Hillari Klintonga ayblov e'lon qilish uchun asos topa olmagandi.

Mavzuga oid