AQŞda 2008 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod bölgan arizonalik senator Jon Makkeyn 82 yoşida vafot etdi.
2017 yili Makkeynda boş miya saratoni aniqlangandi. Xastaligiga qaramasdan u Senatda işlaşda davom etdi. Bir kun oldin uning qarindoşlari bemor davolanişni töxtatgani haqida ma'lum qilişgandi.
1982 yili Vakillar palatasi a'zosiga aylangan Jon Makkeyn 1986 yildan buyon Arizona ştati vakili sifatida Senat a'zosi edi. U bu lavozimga 6 marta saylangan. Makkeyn 2008 yilda Respublikaçilar partiyasidan prezidentlik saylovida iştirok etgan va ikkinçi bosqiçda Barak Obamaga yutqazgan. 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida bölajak prezident Donald Trampga qarşi çiqişlar qilgan, u prezidentlikka saylanganidan keyin ham uni tanqid qilişda davom etgandi.
U 1936 yili AQŞ Harbiy-havo kuçlarining Panamadagi bazasida harbiylar oilasida dunyoga kelgan. Siyosatga kirib kelişdan avval Makkeyn aviatsiyada xizmat qilgan, Vetnamdagi uruşda iştirok etgan. Uruş vaqtida uning samolyoti urib tuşirilgan, özi esa qölga olinib, 5 yil asirlikda saqlangan va qiynoqlarga uçragan.












