AQŞning Arizona ştati gubernatori Dag Dyusi 25 avgustda vafot etgan senator Jon Makkeynning lavozimiga uning bevasi Sindi Makkeyn nomzodini körib çiqmoqda. Bu haqda The New York Times naşri ma'lum qildi.
Sindi Makkeyndan taşqari uşbu lavozimga sobiq senator Jon Kil va Arizona ştatidan vakillar palatasining sobiq a'zolari Jon Şadegg va Mett Salmon da'vogarlik qilmoqda.
Makkeynning örnini egallaydigan nomzod 2020 yilgaça Arizona ştatidan senatorlik qiladi. Ştat gubernatorining aytişiça, yangi senator Makkeynning 2 sentabrda ötadigan dafnidan keyin tayinlanadi.
Jon Makkeyn 82 yoşida vafot etdi. U senator lavozimini 31 yil davomida egallagan. 2008 yilda prezident saylovlarida iştirok etgan.












